<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Ulugʻbek Joʻrayev, Ravshan Xizirov</author>
<title>Xudosiz boʻlsang (anʼanaviy)</title>
<lyrics>[V1]
 Turli balo boshingda
 Zahar boʻlar oshingda
 Iblis turar qoshingda
 Xudosiz boʻlsang.

[V2]
 Zoʻrsan kulfat izlagan
 Yuragingchi boʻzlagan.
 Sen doʻzahni koʻzlagan
 Xudosiz boʻlsang.

[V3]
 Haqiqating yolgʻon chin
 Yolgʻon imon, yolgʻon din.
 Maʼnosiz koʻrarsan kun
 Xudosiz boʻlsang.

[V4]
 Zulmatni deysan ziyo
 Yorugʻ deysan bu dunyo.
 Shaytonni deysan xudo
 Xudosiz boʻlsang.

[V5]
 Kurashasan bir umr
 Yashash-chun, topmay huzur.
 Bir pul qursang ham qasr
 Xudosiz boʻlsang.

[V6]
 Izlab oʻtasan savob
 Savolingga yoʻq javob.
 Toshni qilasan tavof
 Xudosiz boʻlsang.

[V7]
 Xudoyim izla, topgin...
 Topsa bagʻriga chopgin.
 Oʻyna, kul, xandon otgin
 Xudoda boʻlsang</lyrics>
</song>